Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35264

Zakovat savoli #35264

Bilamizki Avgust oyi yurtimizda ko'pchilik ekinlarni yig'ishtirish payti hisoblanadi. Dehqonlarimiz makkajo'xori donlarini yig'ishtirib olgach, ularning poyalarini o'roq bilan o'rib chiqishadi va dasta - dasta qilib bog'lashadi. Poyalarni dastalab bog'lash uchun odatda kunning muayyan bir vaqtini tanlashadi va bu makkajo'xori poyalarini sermahsulligini saqlab qolishga yordam beradi.
Keyinchalik makkajo'xori poyalarini sotib oluvchi xaridorlarga , kunning aynan shu qismida bog'langan poyalar qimmatroq narxda sotiladi.
Diqqat savol: Aynan qaysi paytda bog'lanadi va nega bunday qilinadi ?
Javobni ko'rish

Tong payti. Makkajo'xori bargi to'kilib qolmasligi uchun. Izoh: Avgust oyida hali tong otmagan paytda shudring saqlanib turadi va makkajo'hori tanasida namlikni saqlab turadi. Makkajo'xori barglari qanchalik poyada ko'p bo'lsa bu poyalar shunchalik yem - xashak uchun to'yimli va foydali hisoblanadi. Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar bunday poyalarni xush ko'rishadi va sotib olishadi.

Boshqa savollar