Zakovat savoli #35217
Abdurahmon ibn Avf (r.a)ga hech bir sahobaga nasib qilmagan sharaf nasib qilgan, aslida bu ish bo’lishi mumkin emasdek! Ammo Islom qo’shinlari yurishlaridan birida, vaziyat taqozosi bilan shunday voqea ro’y bergan va bu ish bilan Abdurahmon ibn Avf (r.a.) tarixda yagona sahobiy bo’lib qolgan. Bu ishni ataylab qilish o’ta odobsizlik deb baholanishi mumkin, lekin hech kim bunday qilmagan. Vaqt bilan bog’liq omil esa bu ishni "SHARAF" darajasiga chiqardi.
Diqqat savol: Gap aynan qanday ish haqida ketyapti?
Diqqat savol: Gap aynan qanday ish haqida ketyapti?
Javobni ko'rish
Payg'ambarimiz (s.a.v.)ga imomlik qilib namoz o'qish. Islom qo'shinlari yurishidan birida namoz vaqti kirib Payg'ambarimizdan darak bo'lavermagach Abdurahmon ibn Avf (r.a.) imomlikka o'tib namozni boshlaydilar. Namoz qoidalariga binoan kech kelgan namozxon safga turib namozni davom ettirdi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) ham kechikib kelib safga turib namozni ado etganlar!