Zakovat savoli #35211

Shogird drel (elektr parma) bilan ishlayotgandi, nimagadur borib keldiyu, yana ishini davom ettirdi. Negadir ishi qiyinlashgandek bo'lib, qancha kuch bilan bosib teshsaham, drel aylanyapdi lekin teshib bo'lmay qoldi. Buni ko'rib turgan bir hazilkash usta "qani menga berchi, bunga sehrli so'zlarni aytsam keyin yaxshi ishlaydi" dedida drelni olib, og'ziga yaqinlashtirib, birnimalarni pichirladida, qaytarib shogirdiga berdi. Shogird drel bilan teshib ko'rdi va hayratlandi. Chunki ish yana osonlashib qoldi (teshiklar oson teshilayotgandi).
Diqqat savol: Nega teshish osonlashdi?
Diqqat savol: Nega teshish osonlashdi?
Javobni ko'rish
Hazilkash usta, shogirt tashqariga chiqqanidan foydalanib, drelni chappa aylanadigan qilib qo'ygandi. Keyin shogirddan drelni olib, sehrli so'z aytayotgandek qildida, bildirmasdan yana o'ng tomonga aylanadigan qilib qo'ydi!