Zakovat savoli #35170
Xalq orasida buyuk sohibqiron bobokalonimiz Amir Temurning toʻsatdan vafot etgani haqida turli xil hikoyalar bor. Bulardan birida sohibqiron Xitoy bilan jang qilish maqsadida sovuq Sibir togʻlaridan oʻtayotganda qoʻshin orasida qattiq sovuq sababli tushkunlik boshlanadi. Bu esa qoʻshinning ruhiyatiga salbiy ta'sir qilishi va magʻlubiyatga olib kelishi mumkin edi. Shunda Amir Temur qoʻshinga dalda boʻlish maqsadida namoyishkorona bir ish qiladi. Lekin bu qilgan ishi uning sogʻligʻiga yomon ta'sir qiladi va vafot etadi.
Diqqat savol: Amir Temurning vafot etishiga olib kelgan qanday ish edi?
Diqqat savol: Amir Temurning vafot etishiga olib kelgan qanday ish edi?
Javobni ko'rish
Amir Temur qahraton qishda qo'shinga dalda bo'lishi uchun sochini oldiradi. Bu uning sog'lig'iga qattiq ta'sir qiladi. Boshqa bir manbada esa askarlar ruhiyatini tushirmaslik uchun boshini sovuq suv bilan yuvadi ham deyilgan.