Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35163

Zakovat savoli #35163

Insult bosh miyada qon aylanishining buzilishi kasalligiga olib keladigan asoratlardan biridir. U falajlik ya'ni qo'l-oyoq harakatlarining cheklanishidir. Dunyo shifokorlari bemorning qo'l harakatlari tezroq tiklanishi uchun unga temir sharchalarini qo'lda aylantirishni buyurishadi. O'yinchoqlardan yashikka tashlashni buyurishadi. Viloyatdagi shifokorlarimiz bunday bemorlarga buvilarimiz oyilarimiz bir vaqtlar kuz oylaridan boshlab tancha atrofida o'tirib qilishgan bir ishni tafsiya qilishadi.
Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar, orangizda kimlardir bu ishni qilib ko'rgan bo'lishi mumkin. Aytingchi shifokorlar bemorga nima ish qilishni tavsiya qilishadi?
Javobni ko'rish

Paxta titish (paxtani chigitdan ajratish) Paxtadan chigit ayrish qoʻlni yaxshi ishlashga olib keladi.

Boshqa savollar