Zakovat savoli #35110
Risheli ismli tabi nozik hamda taomni juda yaxshi tushunadigan inson o‘z uyiga mehmonlarni taklif etadi. Mehmonlarning barchasi yig‘ilganlaridan so‘ng taomni tanovvul qilish boshlanadi. Taomni tanovvul qilib bo‘lganlaridan so‘ng mehmonlardan biri pichoqning uchi bilan tishini kavlagani Rishelini ko‘nglini behuzur qiladi. Uy yegasi kardinal xizmatchiga topshiriq beradi va shu bilan bu muammoni yechadi.
Aytingchi Xonadon egasi nima qilishni buyurgan?
Aytingchi Xonadon egasi nima qilishni buyurgan?
Javobni ko'rish
Pichoqni uchini yumaloq shaklga keltirishni buyurgan. Biz bilgan uchi yumaloq pichoqlar shu tarzda paydo bo‘lgan.