Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #35095

Zakovat savoli #35095

Alfa haqida aytarli ma’lumot yo‘q. Unda 5000 ga yaqin harbiy askarlar va zobitlar bo‘lgan. U Britaniya istilosi paytida Angliyaning shimolida faoliyat yuritgan bo‘lib, asosiy vazifasi mahalliy aholi tomonidan uyushtiriladigan qo‘zg‘alonlarni bostirish bo‘lgan. U haqidagi oxirgi ma’lumot esa York shahriga yetib borganligi bo‘lgan. Shundan so‘ng Alfani hech kim ko‘rmadi. 12 yildan so‘ng Betta York shahriga borganda Alfadan darak ham yo‘q edi. Mashhur kinoda esa jang deyarli raqib jamoa g‘alabasi bilan yakunlanayotgan paytida Alfa "Ajdar"dek keladi va jangda yutishadi. Kutilmagan savol Alfaning raqami nechi?
Javobni ko'rish

9 Gap rimning 9- legioni haqida ketmoqda. Kinoning nomi esa "So‘nggi legion"

Boshqa savollar