Zakovat savoli #35092
Yunon afsonasiga ko‘ra Poseydonning ovchi o‘g‘li Orion o‘zini yengilmas ekanligini taʼkidlab yo‘lidan chiqqan barcha jonzotni o‘ldira olishini aytib maqtanadi. Bundan yunon xudolari g‘azablanishadi. Orion gapini tugatib bo‘lmasidan U kelib Orionga zarar yetkazadi va o‘ldiradi. Maʼbudlar bundan xursand bo‘lib U ni osmonga ko‘tarishadi. Shundan soʻng har safar U ko‘ringanida Orion ko‘zdan g‘oyib bo‘lar ekan.
Diqqat savol. Orionni nima o‘ldirgan edi?
Diqqat savol. Orionni nima o‘ldirgan edi?
Javobni ko'rish
Chayon