Zakovat savoli #35071
Parashut Leonardo Da Vinchi tomonidan ixtiro qilinganligini barcha yaxshi bilsa kerak. Ko'plab insonlar parashutdan sakrashni yoqtirishadi. Ba'zilar esa uni o'lim bilan yakunlanadi deya o'ylashadi. Bunday o'ylash esa mutlaqo xato. Ammo yaponlarda parashutdan sakrashning bir usuli bor. Bu usulda sakrashni hech kim xohlamaydi. O'ylab ko'ring 120 km/soat bilan tushayotgan insonning parashuti ochilmasdan qolsa. Ammo bunday sakrashni amalga oshiruvchilar uchun bu muammo ikkinchi darajali. Siz aytingchi birinchi muammo nima?
Javobni ko'rish
Parashutni ushlab olish. Bu sakrashda avval inson sakraydi ma'lum daqiqadan so'ng esa unga parashut uloqtiriladi. Uni yaponlar o'ylab topgan bo'lib nomi "Bonzay"