Zakovat savoli #35069
Orangizda ovqat pishirishni bilmaydiganlar bormi? Hozir men sizga ovqat qilishni o'rganataman. Hamma ko'katlardan to'g'rang. Unga go'sht, baliq, olxo'ri, shaftoli, olma, qora qorag'at (Smorodina), qulupnaydan solib aralashtiring. Yana nima ko'zingizga ko'rinsa tashlang. Bu ovqatning nomi nima bo'ldi, endi. Atala? Bizda bu ovqatni nima deb atalishini bilmaymanu, ammo fransuzlarda aniq nomi bor. Bizda u so'zni hozir san'atkorlar ishlatishadi.
Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar, u qaysi so'z?
Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar, u qaysi so'z?
Javobni ko'rish
Popurri. Izoh: San'atkorlar o'zlarining eng yaxshi asarlaridan parcha-parcha olib yaratgan asarlarini - popurri deb atashadi. Popurri - fransuzchasiga aralash - quralash degan ma'noni beradi.