Zakovat savoli #35020
Hech o'ylab ko'rganmisiz, o'rta asrlarda teatrlarga kirish haqi qancha bo'lgan? Tomoshalar ochiq joylarda amfiteatrlarda qo'yilgan. Hamma kirib joylashib olib, bir parda o'ynalgan odamlarni qiziqtirib bo'lgach, teatr hodimlaridan bir nechtasi odamlar orasidan yurib pul yig'ib chiqqanlar. Negadir pul to'plovchilarning bir qo'llarida bittadan kanareyka bo'lgan.
Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar, nega ularning qo'llarida qush bo'lgan?
Diqqat savol: Hurmatli bilimdonlar, nega ularning qo'llarida qush bo'lgan?
Javobni ko'rish
Bu usulni tomosha tashkilotchilari o'ylab topishgan edi. Pul to'plovchilarning bir qo'li band bo'lsin uchun. Chunki bir qo'l bilan pul to'plab, ikkinchi qo'l bilan uni o'zlashtirib olish hollarining oldini olish maqsadida.