Zakovat savoli #34990
Shaxmat o'yinida oq donalarda o'ynagan sportchi bir muncha ustunlikka ega bo'ladi. Keyingi vaqtlarda 5 daqiqadan iborat blits turnirlar o'tkazilayapti. Tasavvur qiling, bor- yo'g'i besh daqiqa ichida o'yinni tugatish kerak. Bundan tashqari, har bir yurish uchun ma'lum bir vaqt sarflash kerakki, bu o'yin natijasiga o'z ta'sirini o'tkazmay iloji yo'q. Irimchi shaxmatchilar fikricha, blits o'yinda qora donalar bilan o'ynagan shaxmatchilarda bitta yutuq bo'lar ekan.
Savol: Bu qanday yutuq?
Savol: Bu qanday yutuq?
Javobni ko'rish
Soat qora donalarda o'ynaydigan shaxmatchining o'ng tomonida turadi. Oqlarga nisbatan soat tezroq bosiladi.