Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34961

Zakovat savoli #34961

Yoshi ulug'larning aytishicha, xalqimizda ilgarilari to'y va marakalarga kela olmagan odam uchun, to'y egalari biron kishi orqali uning ulushini tugun qilib berib yuborishgan ekan. Odatda bu tugunda non, go'sht yoki turli shirinliklar bo'lgan. Lekin bunday hollarda molning bir tana a'zosi ham hech bo'lmaganda ozgina miqdorda tugunga albatta solinishi kerak bo'lgan.
Savol: Molning qaysi a'zosi tugunga solib yuborilgan?
Javobni ko'rish

O'PKA. Izoh: To'y va marakalarga kelolmaganlar hafa bo'lmasliklari, ya'ni o'pkalamasliklari uchun tugunga albatta ozgina bo'lsa ham O'PKA solingan ekan.

Boshqa savollar