Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34938

Zakovat savoli #34938

Bu insonning iymonga kelishini payg'ambarimiz allohga duo qilib so'raganlar. U iymonga kelganida ba'zilar: " Uning eshagi iymonga kelishi mumkin, lekin o'zi iymonga kelmaydi "deyishgan. Payg'ambarimiz yashirin da'vat qilib turgan paytlarida u iymonga kelgan kuni ochiq da'vat boshlanadi, chunki u iymonga kelgan kuni Kabaning oldida hammaga qarab :"Men bugun musulmon bo'ldim, kimning Muhammadda adovati bo'lsa men bilan hisoblashadi "deb baqiradi. Islomni birinchi oshkor qilgan kishi, birinchi Amir al mo'minin nasabi berilgan kishi, payg'ambarimiz agar u bilan ko'chada to'qnash kelsa shayton qochishga yo'l topolmaydi deyishgan. Ukoz bozorida bo'ladigan kurashda unga teng keladigani yo'q edi. Uzunligi shu qadar ediki odamlar to'planib turgan joyda u ot minib turgandek bo'lardi. Yordam sifatida shuni aytishim mumkinki ichlaringda kim ismimni bilsa bu savolga qiynalmaydi.
Savol: Xattoki shayton qo'rqqan sahobaning ismi kim?
Javobni ko'rish

Umar r.a

Boshqa savollar