Zakovat savoli #34919
Oʻrta asrlarda Yaponiyada g'aroyib odatlar bo'lgan. Misol uchun, yapon samurayi syogun oldiga kirmoqchi bo'lsa u albatta maxsus shalvar - nagabakama kiyishi shart bo'lgan. Bu shalvarlar samuraylarning kundalik odatiy kiyimiga nisbatan ancha keng va juda uzun bo'lgan.
Savol: nima uchun syogun oldiga kirishdan avval samuraylarni bunday kiyim kiyishga majburlashgan?
Savol: nima uchun syogun oldiga kirishdan avval samuraylarni bunday kiyim kiyishga majburlashgan?
Javobni ko'rish
SUIQASDNING OLDINI OLISH UCHUN. Izoh: Bunday kiyimda harakatlanish noqulay bo'lgan. Hukmdor oldiga kirayotgan samuray tez harakatlana olmasligi uchun shunday kiyim kiyishga majburlashgan.