Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34894

Zakovat savoli #34894

Bir yumoristik miniaturada kichkinagina ayyor cho'chqacha bo'rini yoniga borib, unga qarata "parhez qilish"ni maslahat beradi. Boshqa bir mashhur inson esa 1964-yildan boshlab "parhez tuta" boshlagan.
Diqqat savol: Almashtirilgan "parhez qilish" so'zlari o'rnida qanday harakatni amalga oshirish nazarda tutilmoqda?
Javobni ko'rish

Islomni qabul qilish. (Islom diniga e'tiqod qilish.) Izoh: Bilasiz, muqaddas islom dinida cho'chqa go'shtini iste'mol qilish qat'iyan ta'qiqlanadi. Miniaturada ayyor cho'chqacha bo'riga qarata islom dinini qabul qilishini so'raydi. Amerikalik bokschi Kassius Kley esa 1964-yildan boshlab islom diniga e'tiqod qila boshlagan va ismini Muhammad Ali nomiga o'zgartirgan

Boshqa savollar