Zakovat savoli #34862
Xojiboy Tojiboyev bir konserti boshlanishi bilan sahnaga chiqadi va qarsak urayotgan odamlar bilan liq to'la zalni ko'rgach tili kalimaga kelmay jim bo'lib qoladi. Oradan 2 yoki 3 daqiqa o'tgach zaldagi odamlar ham qiziqchi gapirmayotganligi uchun hayron qola boshlashadi. Bunday vaziyatda oddiy hazil qilib bo'lmasligini, aks holda tomoshabinning hafsalasi pir bo'lishini anglagan qahramonimiz bir asardan parcha keltirganini aytadi.
Asar nomini aytib bering?
Asar nomini aytib bering?
Javobni ko'rish
Jimjitlik! Izoh: Sahnaga chiqqach ancha vaqt jim qolgan Xojiboy Tojiboyev Said Ahmadning "Jimjitlik" romanidan parcha qo'yganligini aytadi va vaziyatdan yengil chiqib ketadi. Biz ham savol tashlashdan oldin bir daqiqa ushbu romandan parcha qo'ygan edik)