Zakovat savoli #34808
1815 yil bahor kechalaridan birida eshitilgan shovqinni zambarak o‘qlari deb o‘ylagan Djakartadagi britan garnizoni jangovar holatga keltiriladi. Dengizchilar esa biror bir kema falokatga uchrab, qutqaruvga chaqirmoqda, degan xayolda qirg‘oq tevaragini tekshira boshlashadi. Bu shovqin natijasida eng katta zararni Sumbava orolidagilar ko‘rishgan. Ushbu voqea haqida yozilgan maqolada Sumbava oroli bir shaharga qiyoslanadi. Diqqat savol: O‘sha shahar nomini yozib bering?
Javobni ko'rish
Pompey