Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34798

Zakovat savoli #34798

Leonid Ilich Brejnev SSSR oliy kengashi bosh kotibiligi vaqtida sochi to‘kilayotganidan shikoyat qilib shaxsiy vrachidan shu sohadagi eng yaxshi olim mutaxassislarni to‘plashni so‘raydi. Soch to‘kilishi va uning muammolari bilan ilmiy shug‘ullanuvchi 12 ta olimdan iborat shifokorlar guruhi Brejnev xizmatiga hozir bo‘lishadi. Ammo Brejnev ularni hayron qoldirib, birinchi — tanishuv uchrashuvining o‘zidayoq ularning xizmatidan voz kechdi. Bunga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?
Javobni ko'rish

Olimlarning o‘zlari ham kal ekanligini ko‘rib, Brejnev ularning xizmatidan voz kechgan.

Boshqa savollar