Zakovat savoli #34792
1880-yilda Rossiya Harbiy dengiz floti vazirligi D.I.Mendeleyevga Fransiyada ishlab chiqarilayotgan tutunsiz portlovchi modda poroxning tarkibini aniqlab berish vazifasini topshirdi. Tezda u yerga yetib borgan D.Mendeleyevdan poroxni kashf qilgan fransuz kimyogar olim M. Bertlo uning sirini yashirdi. Bertlo rus olimiga porox ishlab chiqarilayotgan zavodni ko’rsatishga ko’rsatadi-yu, ammo ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni yozib olishga va u yerdan hech bir narsani olib chiqishga ruxsat etmaydi.
Shunga qaramasdan, o’tkir zehnli, topqir D.Mendeleyev porox ishlab chiqarish sirini ochib beradi:
Savol :Qanday qilib sirni ochadi.?
Shunga qaramasdan, o’tkir zehnli, topqir D.Mendeleyev porox ishlab chiqarish sirini ochib beradi:
Savol :Qanday qilib sirni ochadi.?
Javobni ko'rish
Zavoddan chiqarib tashlanayotgan chiqindilar haqidagi ma’lumotlarni o’rganib chiqadi. So’ngra ular orasidagi miqdoriy tenglikni hisoblab chiqish olimdan ko’p mehnat talab qilmaydi.