Zakovat savoli #34781
2001-yil 11-sentyabr fojeasi bo'lib o'tgan joyda Daniel Libeskind loyihasiga ko'ra inshootlar kompleksi qurilgan. Bu kompleksda Ozodlik minorasi degan inshoot asosiy o'rin tutadi. Bu inshootda soat 8:46 dan 10:21 gacha bo'lmaydigan narsa 1940-yilda yozilgan asar nomi bilan bir xil.
Savol: Siz yoki o'sha asar nomini, yoki yuqorida aytilgan vaqtda nima bo'lmasligini toping?
Savol: Siz yoki o'sha asar nomini, yoki yuqorida aytilgan vaqtda nima bo'lmasligini toping?
Javobni ko'rish
SOYA Izoh: Inshoot shu vaqt oralig'ida soya tashlamaydi. E. Shvartsning "Soya" asari bor.