Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34752

Zakovat savoli #34752

Savol #34752 rasmi
It urishtirish katta biznes bo'lgani uchun unda o'ziga xos ayyorliklar uchrab turadi. Shu sabab itlar jangga kirishdan oldin hakamlarning maxsus tekshiruvidan o'tadi. Voha tarafdagi it urushtiruvchilar darslab itlarning og'zini ochib, tishlarini tekshiradi. Tishlar charxlanib, o'tkirlangan bo'lsa, jangdan chetlashtiriladi. Shuningdek, hakamlar itning bo'ynini qo'llari bilan silaydi va shu joyda yana bir harakatni amalga oshiradi. Itlar jangini ko'z oldingizga keltirib, hakamlar itlar bo'ynini nima maqsadda tekshirishlarini yozib bering?
Javobni ko'rish

QALAMPIR SEPIB QO'YISHGANMI YOKI YO'QLIGINI BILISH UCHUN. Izoh: yana bir harakatni amalga oshiradi, deyilganda itlar bo'ynini qo'llari bilan silab, keyin uni yalab ko'rish nazarda tutilgan edi. (Xakamlarga ham osonmas)

Boshqa savollar