Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34750

Zakovat savoli #34750

Bir soha mutaxassislarining izlanishlaridan ma'lum bo'ldiki, qolgan davrlarga qaraganda aynan qish faslida erkaklar uydan chiqayotib BU ISHNI qilishni unutib qo'yishar ekan. Eng uzun suyakli baliq sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kirgan baliqning nomidan kelib chiqilsa, mazkur baliq bilan BU ISHNI qilish mumkin bo'ladi. Rodeoga atayin BU ISHNI qilgan otlar chiqarilar ekan.
Savol: BU ISHNI qilish deganda nima nazarda tutilayotganini ikki so'z bilan ayting, faqat javobni yozayotganda bir hashoratga chalg'ib ketmang.?
Javobni ko'rish

KAMAR TAQISH. Izoh: Qishda qalin kiyimlar kutilganligi sababli, kamar taqish esdan chiqib qolar ekan.🤦‍♂ Ginnes rekordlar kitobiga KAMAR-baliq nomli baliq kirgan.☝️ Rodeoga atayin belidan qattiq qisib KAMAR bog'langan otlar tushuriladi, shunda ular rossa sakraydi.🐎 Yozayotganda "КОМАР", ya'ni chivin bilan adashtirib qo'ymang deyilmoqda.

Boshqa savollar