Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34733

Zakovat savoli #34733

Bir kuni donishmand ustoz shogirdlaridan so‘radi:
- Bilasizmi, nima uchun odamlar bahslashib qolsa yo fikrlari bir joydan chiqmasa baland ovozda gapirishni boshlaydilar?
-"Ular xotirjamlikni yo'qotayotgan bo'lishadi shu payt", deb javob berdi talabalardan biri.
- Lekin nima uchun bu paytda ovozni ko'tarish kerak, axir u odam yoningizda turibdi, yoningizda boshqa odamlar ham bo'lsa? Jim gapira olmaysizmi? - soʻradi Ustoz.
Talabalar hayron bo'lib yelka qisib qo'yishdi. Ular bu haqda hech qachon o'ylamagandilar, garchi ular tez-tez tortishib, bahslashib turishlariga qaramay. Keyin o'qituvchi buni shunday tushuntirdi:
- Chunki, odamlar gar bir-biridan norozi bo‘lib, janjal boshlasa, ularning ... . Xo'sh, Ustozning talabalarga javobini siz to'ldiring.
Javobni ko'rish

Ularning qalblari uzoqlashadi (Qabul: Yuraklari uzoqlashadi) Izoh: Odamlar bir-biridan norozi bo‘lib, janjal boshlasa, ularning qalblari uzoqlashadi. Bu masofani bosib o'tish va bir-birlarini eshitish uchun ular baqirishlari kerak. Va ular qanchalik g'azablansa, yuraklar orasidagi masofa shunchalik katta bo'ladi va ular shunchalik baland ovozda gaplashishni boshlaydilar. Shunday ekan, g'azablansangiz ko'p gapirmang va aslo qalblaringiz uzoqlashishiga yo'l qo'ymang. Yuraklaringiz orasidagi masofani yanada oshiradigan haqoratli so'zlarni aytmang.

Boshqa savollar