Zakovat savoli #34696
Lenin tomonidan qabul qilingan ilk dekretlardan biri bu 1917-yilda yer haqidagi dekret bo'lgan. Uni dehqonlar orasida keng tarqatish, jamoatchilikni undan habardor qilish juda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Shu sababli qishloqdagi uyiga qaytayotgan barcha askarlarning qo'liga dekretdan nusxa berishib, o'z qishloqdoshlariga uning mazmuni bilan tanishtirish vazifasi topshirilgan. Aytingchi, askarlarga dekretdan tashqari sotilmay qolgan 1917-yilning kalendarlaridan birini berishdan nima maqsad bo'lgan ?
Javobni ko'rish
Dekret ko'zlangan manzilga eson-omon yetib borishi uchun askarlarga boshqa qog'oz berishgan. Yo'qsa, askarlar qishloqga qaytayotganda yo'lda dekretga papiros o'rab, chekib qo'yishlari mumkin edi. Sotilmay qolgan kalendarlar askarlarga papiros o'rash uchun berilgan.