Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34605

Zakovat savoli #34605

Amir Temur va 170 yoshlik mo'ysafidning suhbatidan.
- Ey dunyoni uzoq vaqt ko'rgan odam,- dedi Temurbek mo'ysafidga taqlidon ohangda, -men bir musofirmen. Sizdan bir yuz yetmish yil ichida ko'rgan - bilganlaringizdan so'rab hayot uchun dars olmoqchiman.
Mo'ysafid unga ajablanib qaradi.
- Shu choqqacha hech kimga saboq bermaganman. Sen birinchisi, ulug' sardor! Men kechirgan yillar va men bilan birga bo'lgan bu ko'zlarim tog'lar, jilg'alar, daraxtlar, tog'larning yovvoyi qo'y suruvlaridan boshqa narsa ko'rmagan. Bundan hayot darsi chiqadimi?
Savol: Temurbek mo'ysafidning javobidan o'ziga qanday xulosa chiqaradi?
Javobni ko'rish

Odam qancha kam narsa bilsa, uzoqroq umr ko'radi degan xulosaga kelgan!

Boshqa savollar