Zakovat savoli #34603
Botqoqliklarning qanchalik xavfli ekanligi haqida ko‘p eshitganmiz. Botqoqlikda yurishga to‘g‘ri kelgan odamga shunday maslahat beriladi: Agar botqoqlikda yurishga to‘g‘ri kelsa, odam o‘zi bilan uzun tayoq olib yurishni yoddan chiqarmasligi zarur. Keyin tayoq bilan tekshirilmagan joyga qadam qo‘ymaslik maslahat beriladi. Va nihoyat agar botqoqqa tushib ketsa, tezlik bilan bir ish qilish lozim va tayoqqa suyangan holda keskin harakatlarsiz birin-ketin oyoqlarini chiqarib olish kerak. Xo‘sh botqoqqa tushib ketgan odam birinchi bo‘lib nima ish qilishi kerak?
Javobni ko'rish
Yotib olishi kerak. Izoh: yuza qismi qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha botqoqqa botib ketish xavfi kamayadi.