Zakovat savoli #34594
Ritsarlar va qirollar o'z shaxsiy ramz (gerb) iga ega ekanligini bilasiz. Ritsarlik turnirlarini kuzatsangiz, qalqon va kiyimlarda har xil ramzlar uchraydi. Geraldika (ya'ni ramz va tamg'alar) paydo bo'lishiga bir predmet sababchi bo'lgan.
Diqqat savol: Qaysi predmet?
Diqqat savol: Qaysi predmet?
Javobni ko'rish
Ritsarlar shlemi (dubulg'asi)! Izoh: Shlem kiyish boshlangandan keyin odamlar bu qaysi ritsar ekanligini taniy olmagan, chunki uning yuzi endi yopilgan edi. Ritsarlar o'zlarini tanitish uchun alohida belgilar o'ylab topa boshlashgan va geraldika sohasi dunyoga kelgan!