Zakovat savoli #34585
2007 yilda AQShning Minnesota shtatida yangi qonun chiqarildi. Bu qonunga muvofiq barda chekish mumkun emas. Faqat aktyorlar sahnada rol ijro etayotganlarida agar senariyda bo'lsa chekishlari mumkun edi. Qish kunlarida deyarli hech kim tashqariga chiqib chekib kelmasligi aniq edi va barlarning foydasi ancha qisqardi. Shunda bir bar egasi yuqoridagi qonunga bo'ysingan holda bo'ysinmadi. Natijada bu barga kirgan insonlarning barchasi chekishi mumkun edi. Bar egasi qanday yo'lni topdi!?
Javobni ko'rish
Har kuni kechki payt barda sahna ko'rinishi qilar edi va unga barcha insonlarni rol ijro etishga chorlar edi. Boxonada barcha insonlar chekishardi. Qonunda esa havaskor yoki professional aktyor bo'lishi kerak degan joyi yo'q edi