Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34582

Zakovat savoli #34582

Ahrorjon

Kunlarning birida Hasan Basriy rahimahulloh yo‘qolib qoladi. Uning shogirdlari to‘rt tarafga bo‘linib, hamma yoqni axtarib, izlab chiqishadi, lekin topa olmaydilar. Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin hazratning o‘zi eshikdan kirib keladi. Shu payt shogirdlari shoshib o‘rinlaridan turib, yo ustoz, qayerda edingiz, deb hayratlanib so‘raydilar.
Ustoz aytadi: "Do‘stlarim davrasida edim".
Shogirdlar: "Qaysi do‘stlaringiz davrasida?"
Ustoz: "Shunday do‘stlarimki, ular menga xolis nasihat qiladilar. Qachon borsam qabul qilaveradilar, hech ham dunyo ishlaridan  so‘zlamaydilar, faqat oxiratni eslatadilar. Men ularning davrasidan ketganimdan keyin orqamdan aslo g‘iybat qilmaydilar", -dedi.
Savol: Hasan Basriy rohimahulloh qayerda bo‘lgandi?!
Javobni ko'rish

Qabristonda

Boshqa savollar