Zakovat savoli #34537
Tilimizdagi har bir ibora yoki turg'un birikmalar asrlar davomida shakllangan, har biri o'z tarixiga ega. Tasavvur qiling, o'rta asrlardagi O'rta Osiyodasiz! Do'konga kirdingiz, xarid qildingiz, baqqolga tanga pul uzatdingiz. Baqqol Sizga qaytim berishi kerak.
Diqqat savol: Baqqol qaytim sifatida sizga nima beradi?
Diqqat savol: Baqqol qaytim sifatida sizga nima beradi?
Javobni ko'rish
Qurut! Izoh: O'sha paytlarda baqqollar xaridorga mayda chaqalar qaytarib o'tirmasdan uning o'rniga suzmadan tayyorlangan qurut berib rozi qilishgan. Ya'ni qurutlar mayda chaqa vazifasini o'tagan. Shundan keyin tilimizda ,,Pulni qurutdek sanab olmoq” iborasi paydo bo'lgan!