Zakovat savoli #34397
U bundan 1000 yil oldin Krit orollarida yashagan qizlar tomonidan chiroyli ko'rinish uchun urfga kirgan. Burgundiyada u ilk bor zodagon ayollar tomonidan qo'llanilgan. XVI asrda ispanlarda va butun dunyoda u urfga kirdi. Uning og'irligi 8 kg ni tashkil etardi o'sha payt. XVII asrda uning yangi turlari ko'paya boshladi. Biroq fransuz inqilobidan so'ng u yo'qotilgan. U nima?
Javobni ko'rish
Korset! Qomatni ixchamlashtirish maqsadida kiyiladigan kiyim.