Zakovat savoli #34390
Esingizdami Real Madrid hamda Barcelona o'rtasidagi uchrashuvlardan biri. Ronalduning Gvardiolani turtib yuborgani, Messini oyoqlariga ko'plab zarbalar berilgani, David Villa va boshqa futbolchilar haqorat qilinganligi, qizil va sariq kartochkalarga boy uchrashuv va Barcelonaning yirik g'alabasi. Shu o'yindan so'ng ko'plab fikrlar yangradi. Kimdir bu o'yinni "Oltin to'p va Oltin butsa o'rtasidagi derbi" deb aytgan bo'lsa, yana kimdir uchrashuvni "haqiqiy El Clasico va haqiqiy jang" deb atadi. Taniqli futbolchi esa bu uchrashuvni "X va Y ning o'zaro kurashi maydonda kechdi" deb aytib o'tadi. Siz menga X va Y ni ayting?!
Javobni ko'rish
X - Ispaniya Y - Kataloniya