Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34314

Zakovat savoli #34314

Gyote fikricha : U misoli "quyoshga" o'xshaydi. Undan uzoqqa ketsang, zulmatda qolasan va sovuqqotasan. Agarda juda yaqin kelsang nuridan ko'zing qamashadi va har lahzada taftidan kuyib ketishing mumkin. Shu sabab u bilan "oltin o'rtalik" ni saqlash lozim.
Yapon adibi Ryunoske fikricha esa u - o'tkir qilich! U qo'lingda bo'lsa-yu, undan moxirlik bilan foydalana olsang bu sen uchun eng yaxshi yordamchi. Agarda undan foydalana olmasang har lahzada o'zingga ziyon yetkazishi mumkin.
Savol: Yuqoridagi fikrlar nima haqida?
Javobni ko'rish

Siyosat

Boshqa savollar