Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #34167

Zakovat savoli #34167

Qadim zamonlarda bir zolim podsho boʻlgan ekan. U oʻziga qarashli yerlarga hech kimni qoʻyishni istamas, unga qarashli joylarning chegarasidan oʻtadigan daryo koʻprigiga boshdan oyoq qurollangan soqchi qoʻyib, har bir yoʻlovchidan:
"Qayoqqa boryapsan?" - deb soʻrashni buyurgan ekan.
Agar yoʻlovchi notoʻgʻri javob bersa, soqchi uni darhol osishi kerak ekan, agar toʻgʻri javob bersa, daryoga choʻktirib oʻldirishi kerak ekan.
Xullas, yoʻlovchi toʻgʻri javob bersa ham, notoʻgʻri javob bersa ham omon qolmas ekan.
Bir kuni bitta dehqon mana shu koʻprik oldiga kelibdi. Soqchi undan:
- Qayoqqa ketayapsan? - deb soʻrab, uni jazolashga tayyorlanibdi. Dehqon esa soqchiga shunday javob beribdiki, soqchi dovdirab qolibdi va unga nima deyishini bilmay, hech qanday jazo tayinlamabdi. Dehqon soqchiga qanday javob bergan?
Javobni ko'rish

Dehqon soqchiga: "Anovi turgan dorga osilishga ketayapman", -deb javob bergan Agar soqchi bu javobdan keyin dehqonni olmoqchi boʻlsa, u toʻgʻri javob bergan boʻladi, toʻgʻri javob berganlarni daryoga choʻktirishi kerak, agar daryoga choʻktirmoqchi boʻlsa, u notoʻgʻri javob bergan boʻb qoladi .

Boshqa savollar