Zakovat savoli #34131
Rossiyaning Smolensk viloyatida joylashgan Dorogobush shaharchasi yaqinida mahalliy aholi ba’zan Napaleon davriga oid topilmalarni topib olishadi. Masalan, pichoq, qilich, kiyim va h.k. Biroq Napaleon armiyasiga tegishli bo‘lgan bunday topilmalar tarixiy qiymatga ega emas.
Diqqat savol, bunga sabab nimada?
Diqqat savol, bunga sabab nimada?
Javobni ko'rish
Ushbu shaharcha atrofida XX asrning 60-yillarida rejissyor Sergey Bondarchuk o‘zining “Urush va tinchlik” filmini suratga oladi. Film uchun juda katta miqdorda o‘sha davr buyumlari yasaladi. Mahalliy aholi topib oladigan buyumlar aynan shu filmni suratga olish ishlaridan qolib ketgan buyumlardir.