Zakovat savoli #34118
Akademik G'ofur G'ulom bir kuni doʻsti Sobir Abdullaga bir parcha qog'ozga yozilgan she'r va mitti quticha berib yuboradi. She'rda quyidagi soʻzlar bor edi:
" Ey Sobir Abdulla belni bog'lagil mahkam,
Oʻn qadoq goʻsht, bir qazi, unutmangiz oshni ham.
Men, Uyg'un, Shayxzoda, Mirtemir boʻlurmiz jam!
Tonggacha yallo qilib , bazm aylaymiz baham.
Ichkilikka yoʻqroqmiz, aroq mastlikning shevasi,
Bizga basdir bir shisha, Jigulevskiy pivosi.
Mirtemir xushkayfligi g'oyat tamosho boʻlg'usi,
Qahqaha avjga chiqib, sovsem xorosho boʻlg'usi!"
Sobir Abdulla avvaliga bu "xarajatnoma" ga tushunmadi. Ammo qutichani ochib koʻrgach hammasi ayon boʻladi.
Savol: Qutichada nima bor edi?

Javobni ko'rish
QORXAT "Qorxat " bu qadim milliy a'nanamiz! Unga ko'ra har yili birinchi qor yoqqan kuni nimagadir qor solib o'z do'stlaringizga, yaqinlaringizga jo'natasiz. Agar u odam uni bilmasdan qabul qilsa ziyofat uyushtirishga majbur. Agarda bilib qolib qorxatni olmasdan ortga qaytarib yuborsa unda siz bir ziyofatga tushasiz!