Zakovat savoli #34092
Amir Temur Hindistonga yurishi davrida bir toʻda odamlar mayitni ibodat payti aytiladigan qo'shiq aytib olib ketayotganligi koʻrgan. Uning aytishicha, bu odamlar ichida bir qizil libosli ayol bo'lib, u gohida yigʻlab, gohi qoʻshiqqa joʻr boʻlgan.
Atrofda yigʻlayotganlar esa oʻlgan odamga emas, aynan shu qizil libosli ayolga kuyinib yigʻlayotgandek edi.
Diqqat Savol: Mantiqni Hindiston urf-odatlariga bogʻlagan holda, qizil libosli ayol kimligini emas, balki boshqalar aynan nima uchun bu ayolga kuyinib yigʻlayotganini toping?

Javobni ko'rish
U ayol mayit bilan yoqilishi kerakligi uchun Izoh: U ayol mayitning xotini bo'lgan. Urf odatga koʻra erlari oʻlgan beva ayollar erlariga qoʻshib yoqilgan.