Zakovat savoli #34062
Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasiga bir qator savdo embargolari (cheklovi) e’lon qilinadi. Xom-ashyo va tarkibiy qismlarning yetishmasligi sababli bu mahsulotning dunyoga mashhur brendi ishlab chiqaruvchilari tomonidan mavjud resurslardan foydalangan holda nemis bozori uchun bu mahsulotning yangi turi yaratiladi. Bu mahsulot yangi turining nomi esa “tasavvur” ma’nosini anglatuvchi nemis tilidagi so’zdan olingan. Siz tilga olingan mahsulotning har ikki turini yaxshi bilasiz.
Savol: Siz bilgan mahsulot nomi kelib chiqqan nemis tilidagi so’zni ayting?
Savol: Siz bilgan mahsulot nomi kelib chiqqan nemis tilidagi so’zni ayting?
Javobni ko'rish
Fantasie Izoh: Savdo embargosi natijasida Germaniyada “Coca-Cola” ishlab chiqarishda xom-ashyo yetishmasligi boshlanadi, buning natijasida Germaniya bozori uchun yangi – “Fanta” ichimligi yaratiladi.