Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #33996

Zakovat savoli #33996

Bu mashhur ingliz yozuvchisi o'zining shoh asarlaridan birini fermada yozgan ekan. Fermada bu mashhur yozuvchining maxsus ishxonasi bo'lgan. Bu yozuvchi derazalarni ochib, qog'ozlar ustiga g'isht bostirib qo'yib o'z asarlari ustida ishlagan. Xonasiga yaqinlashish uchun hech kimga ruxat bermagan. Agar yozuvchi uydagilarga juda zarur bo'lib qolsa, karnay chalib chaqirishardi. Adib yozganlarini oqshom payti yaqinlariga o'qib berardi. Adib tinimsiz chekar, shu sababli u kirib chiqqan xonani albatta shamollatish zarur bo'lardi. Asib ishlagan paytlarida uyqusi tamom qochib ketardi. Yozuvchi hayotdagi har qanday voqeadan zavqlanishga odatlangandi.
Diqqat savol: Ushbu yozuvchi kim ekanligini toping?
Javobni ko'rish

Mark Tven. Izoh: Mark Tven o'zining shoh asarlaridan biri bo'lmish "Tom Soyerning sarguzashtlari" romanini fermada yozgan ekan.

Boshqa savollar