Zakovat savoli #33913
O‘z vaqtida Chili davlat soliq qo‘mitasi noodatiy lotereya biletlari bilan lotereya o‘yini tashkil qilgan. Aytish joizki, g‘olib katta miqdorda mukofot bilan taqdirlangan, ammo bundan davlat budjeti zarar ko‘rmagan, aksincha ushbu lotereya o‘yini o‘zining sezilarli foydasini bergan. Ya’ni savdo joylarida tushumlarni yashirib qolish natijasida daromad soliqlarini to‘lamaslik holatlari ancha kamaygan.
Savol, o‘shanda nimalardan lotereya biletlari sifatida foydalanilgan edi?
Savol, o‘shanda nimalardan lotereya biletlari sifatida foydalanilgan edi?
Javobni ko'rish
Kassa cheklari. Bu lotereyada qatnashish uchun xaridorlar barcha sotib olgan mahsulotlari uchun sotuvchilardan kassa cheklari talab qilishgan, natijada daromad solig‘ini yashirib qolish holatlariga sezilarli darajada chek qo‘yilgan. Bizda ham shunaqa lotereya tashkil qilishsa zo‘r bo‘larkan ))