Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #33911

Zakovat savoli #33911

Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldingi ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?
Javobni ko'rish

Sher narasi

Boshqa savollar