Zakovat savoli #33824
Sara o'z erini xiyonatlarini sezib yurar edi. Bir kun Deyl baliq oviga chiqdi va ayoliga qarmoq, sumka va qizil kamzulini tayyorlashini aytdi. Aqlli va vafodor Sara o'z erining aytganlarini risoladagidek bajardi. Er esa xotini qoʻliga kamzulini tutqazmaganiga e'tibor bermadi. Chunki u sovuqqotmas edida. Ertasi kuni er "baliq ovi" dan keldi va ayolidan qizil kamzulini nega bermaganini soʻradi. Shunda aqlli ayol o'z erini xiyonatlari rostligini anglab yetdi.
Diqqat savol: Qanday qilib?
Diqqat savol: Qanday qilib?
Javobni ko'rish
Sara kamzulni qarmoqlar solingan sumkaga solgan edi. Er esa u sumkani ishlatmagan ya'ni baliq oviga bormagan va shuning uchun kamzulni koʻrmagan edi!