Zakovat savoli #33674
Dunyodagi eng mashhur va katta ko‘ngilochar maskanlardan biri Nyu-Yorkdagi Disneylend parki hisoblanar ekan. U juda katta hududni egallagan. Har kuni o‘n minglab kishilar u yerda bo‘lishadi. Bu yerga tashrif buyurganlar g‘alati e’lonlarga duch kelishlari mumkin. Masalan, “Siz 10 daqiqadan keyin gnomlar g‘origa kirasiz” yoki “Siz hozir Mikki Mausning uyidan 15 daqiqa uzoqdasiz” kabi e’lonlar. Siz bu e’lonlarni boqqa kirayotib o‘qiysiz.
Savol: Ayting-chi, bu e’lon nimani bildiradi?
Savol: Ayting-chi, bu e’lon nimani bildiradi?
Javobni ko'rish
“Disneylend haqida ma’lumotlar” kitobida qayd etilishicha, bunday yozuvlarni siz parkka kirayotib o‘qiysiz. Tabiiyki, bu bog‘ga kirish uchun odamlar soatlab navbat kutishadi. Bu e’lonlar necha daqiqadan so‘ng navbatingiz kelishini bildirib turadi.