Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #33532

Zakovat savoli #33532

Ensiklopediyadagi ma’lumotlarga ko‘ra, yollanma harbiylar batalyonlari XV asrda Italiyada tashkil etilgan ekan. Bu harbiylarni qanday nomlash haqida uzoq o‘ylab o‘tirmasdan, ularga to‘lanadigan tanga pullarning nomi bilan atay boshlashgan.
Diqqat savol: yollanma harbiylar qanday nomlangan?
Javobni ko'rish

Soldat. Izoh: Ularga maosh italyan tangalarida to‘langan. Bu tangalarning nomi ”soldo” bo‘lgan. Bizda "askar" deb ataladigan ”soldat” so‘zi shundan kelib chiqqan.

Boshqa savollar