Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #33443

Zakovat savoli #33443

Amerikaning marketing bo'yicha eng tajribali mutaxassislaridan biri bo'lgan Jo Vitalening bir kitobida shunday yozilgan edi:

Men do'kondan qaytayotib, yo'ldagi qizil chiroqda to'xtadim. O'ng tomondagi yo'l chekasida turgan yosh erkak bilan yosh ayol va ularning bolasiga ko'zim tushdi. Ularning yuzlari quyoshning ayovsiz nurlari tasirida qorayib ketgandi.
Erkakning qo'lida bir karton qog'oz bor edi. Ayol uning yonida turgancha qizil chiroqda toʻxtagan mashinalarning saloniga intiqlik bilan tikilardi.
Taxminan ikki yoshlardagi bolakay esa maysalar ustida o'tirib, bir qo'lli qo'g'irchoq bilan bamaylihotir o'ynardi. Bularning barini svetaforning qizil chirog'i o'chib, yashil yonmasdan avvalroq, atigi 30 soniya ichida ilg'adim, lekin oʻsha karton qog'ozdagi yozuv esa meni hayotimni butunlay o'zgatirib yubordi.

Diqqat savol : Bu qahramoni hayotini butunlay o'zgartirib yuborishga sabab bo'lgan osha karton qog'ozda nima yozilgan edi?
Javobni ko'rish

"Qornimni to'ydirish uchun hamma narsaga tayyorman"

Boshqa savollar