Zakovat savoli #33434
O‘rta asrlarda Angliya kamonchilari mahorat bobida tengsiz bo‘lganlar. O‘q-yoy borasida ularga teng keladigani bo‘lmagan. O‘sha vaqtlarda Angliya qiroli maxsus bir farmon chiqaradi, bu farmonga ko‘ra tunda o‘q-yoy yasash ta’qiqlanadi. Ushbu farmonni buzgan ustalar qattiq jazolangan ham. Diqqat savol, nima sababdan, ustalarga tunda o‘q-yoy yasash taqiqlangan?
Javobni ko'rish
Chunki tunda, gulxan yoki chiroq yorug‘ida yasalgan o‘q -yoylarning sifati kunduz kuni yasalganlaridan pastroq bo‘lgan. Kamonchilar qo‘shinining nufuzini saqlab qolish va ularning sifatini ta’minlash maqsadida mana shu farmon chiqarilgan