Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #33391

Zakovat savoli #33391

Dunyoda qiziqarli narsalar juda ko'p. Mana yana bir hayron qolarli holat: kunlarning birida Eronlik hokimlardan biri betakror musiqalarni torda sayratib chaluvchi juda mashhur ozarbayjonlik sozanda Mirzo Farajni o'z saroyidagi kechki musiqiy bazmga taklif qilgan ekan. Hayron qoladigan joyi, bazmda chiqqan saroy cholg'uvchilari Mirzo Farajni hayron qoldirib, davraga qarab emas, aksincha davraga teskari holda devorga qarab o'tirishibdi.
Diqqat, savol: Nega mezbon sozandalar bunday o'tirishgan?
Javobni ko'rish

Saroy sozandalari Mirzo Farajni raqobatchi sifatida ko'rishgan, shuning uchun ham ozarbayjon sozandasi ularning chalish uslublarini o'rganib olmasligi uchun davraga teskari qarab o'tirishgan ekan

Boshqa savollar