Zakovat savoli #33381
1993-yili Toshkent shahrida, Amir Temur hiyoboniga A.Temur haykali o’rnatiladi. Uning hozirgi umumiy ko’rinishi quyidagicha: Sarkarda o’ng qo’lini ko’targan, chap qo’lida otning jilovini ushlab olgan.
Bu haykalni ilk bor yaratish jarayonida, Prezident va haykaltaroshlar haykalni qanday yaratish to’g’risida muhokama qiladi. Haykaltaroshlar taqdim etgan variantda Sohibqiron qo’lida nayza tutgan holda tasvirlangan edi. Lekin,davlat rahbari bunga o’zgartirish kiritib, yangi taklif bildiradi, ya’ni “Sohibqiron A.Temur qo’lida nayza emas, jilovni tutib turgani ma’qul” degan qaror qabul qilinadi.
Savol: Aytingchi buning ramziy ma’nosi nima?

Javobni ko'rish
Davlat boshqaruv tizgini, hokimyat jilovi A.Temur qo’lida ekanligining ramzi. Izoh: Chunki, Temuriylar saltanatida nayza ko’targan odamlar ko’p bo’lgan, lekin mustahkam mamlakatni barpo etish va boshqaruv A.Temur qo’lida bo’lgan.