Zakovat savoli #33206
2013-yil 5-mart kuni kechqurun Britaniya politsiyasi ushbu jinoyat to'g'risida bildirishnoma oldi. Qo'ng'iroq qilgan odamning so'zlariga ko'ra, uning ko'z o'ngida Turkiya fuqarosi Angliyada ishlayotgan Portugaliya fuqarosiga qarshi noqonuniy xatti-harakat sodir etgan. Jinoyatni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilgan predmetni ikkita soʻz bilan ayting?
Javobni ko'rish
Qizil kartochka! Izoh: Turkiyalik hakam Junayid Chakir 2012/13 yilgi Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Manchester Yunayted" - "Real" oʻyinini boshqargandi. U oʻshanda portugaliyalik Nanini maydondan chiqarib yuborgandi. "Manchester" muxlislaridan biri shu qadar g'azablanganki, shundan soʻng u darhol politsiyaga qo'ng'iroq qilgan.